Bu haqda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 3-oktyabr kuni Osmon Navroʻzov avtomobilida tezlik meʼyorlarini buzib, 197 km/soat tezlikda harakatlanganini oʻzi uchun videoga olgan.
— Bilmasdan videoni Instagram sahifamga qoʻyganim uchun xalqimizdan uzr soʻrayman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr soʻrayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka vaʼda beraman. Qolganlarga ham belgilangan tezlik meʼyorlariga amal qilishini soʻrayman, — deydi xonanda Osmon Navroʻzov.
Xonandaning haydovchilik guvohnomasi olinib, u bilan tushuntirish ishlarini olib boradi.