Qayd etilishicha, muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida “Abdussamiy“ taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Yaxshimasmi“ hamda “Ertaga boramizmi“ nomli sheʼrlari muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora koʻrilishini soʻrab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan oʻrganilib chiqildi.
Oʻrganish mobaynida xalqimiz orasidagi taniqli ijodkorlar Rayhon Ganiyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi“ hamda “Sahar“ guruhi solisti Anvar Joʻrayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi“ nomli qoʻshiqlarining sheʼrlari, bastakor Shaxboz Nosirjonov tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yashnabod tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) soʻm jarima jazosi tayinlandi.








