Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177¹-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Toshkent shahar Jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177¹-moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 soʻm jarima jazosi tayinlangan.








