"Havaskor sifatida shaxmatga 8 ta ta’minotchi tosh qo‘shdim va shaxmat doskasini kattalashtirdim. Bunga ikki yildan oshdi, shaxmatga qiziqadigan odamlar bilan o‘ynab ko‘rdim, keyin ular juda qiziq va mukammal o‘yin bo‘libdi, ommaga joriy qilsa bo‘lar ekan, deyishdi.
Adliya vazirligiga borib, shu yangilik haqida aytganimda, yaxshi yangilik qilibsiz, deyishdi va mualliflik guvohnomasi, bundan tashqari, EHM dasturlari uchun patent hamda guvohnoma ham berishdi. Shu tariqa shaxmatga kiritilgan ushbu o‘zgarish yangi sport turiga aylandi va shaxmat plus nomi bilan patentlandi.
Shaxmatga hurmatim cheksiz bo‘lgani uchun ularning harakatiga yoki yo‘nalishiga hech qanday o‘zgartirish kiritmadim. Faqat ta’minotchi tosh qo‘shib, doskani kengaytirdim. Ya’ni 4 tadan 8 ta ta’minotchi tosh qo‘shilgan, to‘rtta oq va to‘rtta qora. Kataklar soni avval 64 ta edi, hozir 80 taga kengaytirdim. Shaxmat ustalari Baxtiyor Jumayev va Bobur Sattorov bu doskada o‘ynab ko‘rishdi, “5 partiya o‘ynab, shuni anglab yetdikki, murakkab va qiziqarli o‘yin chiqibdi, oldingi o‘yindan ikki yarim baravar kuchli”, degan xulosaga kelishdi", deydi A.Isoqov.