Samboning Olimpiya oilasiga kirish niyati 2009-yilda maʼlum qilingan edi. Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) XOQ tomonidan 2018-yilning noyabrida vaqtincha tan olingan edi. Bu yil koronavirus pandemiyasiga qaramasdan tomoshabinlarsiz boʻlsa ham sambo boʻyicha jahon chempionati oʻtkazildi. “Eurosport” telekanali tomonidan olib koʻrsatilgan jahon birinchiligi musobaqalarini 30 million teletomoshabin koʻrganligi qayd etildi.

Sambo XOQ tomonidan doimiy tan olinsa, FIAS sportning bu turini Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish saʼy-harakatlarini boshlaydi. Mutasaddilar 2028-yilda Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan Olimpiadada sambo boʻyicha ham musobaqalar boʻlib oʻtishiga umid qilmoqdalar.