Xususan, Urganch shahri va tumanidagi mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurgan holda ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan bevosita shug'ullanuvchi sohaviy yo'nalishlari kundalik xizmat faoliyati o'rganildi. 

Navbatdagi tashrif manzillardan biri  - viloyat IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi va SHovot tumanidagi 2-son tumanlararo ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'limi bo'ldi.

Ichki ishlar organlarining yul xarakati xavfsizligi soha faoliyati so'nggi yillarda bir qator islohotlar olib borilayotganligi, xususan davlat raqam belgilarini elektron kimoshdi savdolari orqali sotilishi yo'lga qo'yilganligi, YPX inspektorlarining bodikamera va planshetlar bilan to'liq ta'minlanganligi, imtihon qabul qilish xonalariga kuzatuv kameralari o'rnatilganligi aniqlandi. SHu bilan birgalikda, kelgusida Urganch shahri va tumanlar markazidagi chorrahalarga yo'l harakati qoidalarini qayd etuvchi kameralarni o'rnatish orqali YPX inspektorlarining haydovchilar bilan muloqotda bo'lishlarini imkon qadar qisqartirish tavsiya qilindi.

Bundan tashqari Agentlik xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar organlarida korruptsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini o'rganish maqsadida so'rovnoma ham o'tkazildi.