Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-213-sonli Farmonida keltirilgan. Unga koʻra, 2022-yil 15-sentyabrdan boshlab Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 50 foizlik imtiyozli tariflar boʻyicha aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Mazkur imtiyozlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amal qiladi:

  • Toshkent –Urganch
  • Urganch – Toshkent
  • Toshkent –Urganch – Toshkent
  • Urganch – Toshkent–Urganch.

Maʼlumot uchun, mazkur imtiyozlar yoshga doir nafaqadagilar va imtiyozlarga ega shaxslar uchun amal qiladi.