Xorazmda Inkubatsiya markazi tashkil etildi

    Joriy yilning 9-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida AKT vazirligi hududiy boshqarmasi va IT Park bilan hamkorlikda Inkubatsiya markazi tashkil yetildi.

    Inkubatsiya markazini ochilishiga bagʻishlangan tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, AKT vazirligi hududiy boshqarmasi rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirok yetdi.

    Inkubatsiya markazini tashkil yetish uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida alohida xona ajratilib, taʼmirdan chiqarildi hamda inkubatsiya markazi zamonaviy kompyuter va boshqa zarur texnikalar bilan jihozlandi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Inkubatsiya markazida yoshlarimizning yangi loyihalarni amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Ishonamizki, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali yoshlari kelgusida mazkur Inkubatsiya markazi imkoniyatlaridan toʻliq foydalangan holda yangi gʻoyalar asosida startap loyihalarni ishlab chiqib, mamlakatimizning tibbiyot sohasi rivojiga oʻzlarining munosib hissasini qoʻshadilar.