Tumanning Katta Jirmiz hududida faoliyat yurituvchi “Shohrux Shumkor” fermer xoʻjaligi joriy yil erta bahorda 10 gektar maydonga kartoshka ekip parvarishlagan.

Agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish natijasida har gektardan oʻrtacha 500 sentnerdan hosil olingan.

Fermer xoʻjaligi rahbarining taʼkidlashicha, kartoshka yetishtirish qishloq xoʻjaligida iqtisodiy jihatdan eng samarali yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

Uning aytishicha, ayrim hollarda 5 gektar sholi yetishtirishdan olinadigan daromadga nisbatan 1 gektar kartoshka koʻproq foyda keltirishi mumkin.

Hozirda xoʻjalikda yetishtirilgan kartoshka mahsulotlari ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, aholini sifatli va arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.