Xorazmda “Robotlar jangi” musobaqasi viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

    Raqamlashtirish 16 May 2022 2018

    Xorazm viloyati IT-Park filialida “Robotlar jangi”ning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirdan koʻzlangan maqsad – maktab oʻquvchilarining ilmiy-texnikaviy yoʻnalishda ijodiy salohiyatini rivojlantirish va erta kasb-hunarga yoʻnaltirishga koʻmaklashish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy ijod va robototexnikani ommalashtirishdan iborat.

    Ishtirokchilarning umumiy soni 24 kishini tashkil etdi. Ular qatorida “Barkamol avlod” markazi tarbiyalanuvchilari va boshqa robototexnika ishqibozlari ham bor edi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

    Taʼkidlash joizki, robototexnika bugungi kunda faol rivojlanyapti. U bolaning harakatchanligini, eʼtiborini rivojlantirish, koʻrsatmalarga rioya qilish va natijalarga erishish qobiliyatini shakllantiradi.