So‘nggi yillarda yoshlar salomatligi hamda jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan sintetik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ana shunday qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, viloyat DXX hamda IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda Hazorasp tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida ushbu tumanda yashovchi fuqaroning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, uyda jami 57 ta o‘ramda, umumiy og‘irligi 146 gramm bo‘lgan “Spays” sintetik giyohvandlik vositalari saqlab kelinayotgani aniqlandi.