Hujjatda Xorazm viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni yana-da rivojlantirish, zamonaviy turizm infratuzilmasi, yangi dam olish maskanlarini barpo etish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, turizm sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish hamda yangi ish oʻrinlarini tashkil etishga doir qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan:

- turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan “turizm mahallalari”ni tashkil etish;

- tashrif buyuruvchi turistlar uchun qoʻshimcha xizmat turlari va qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish;

- madaniy koʻngilochar tadbirlar va festivallarni tashkil etish hamda yoshlarni sportga jalb etish;

- ekoturizm, tibbiyot, taʼlim hamda etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish;

- turizm loyihalariga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni hamda moliya institutlarining grand mablaglarini jalb qilish.

Dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar va ijrochilar mablagʻlari doirasida moliyalashtirilishi belgilangan.