Xorazmdagi 38 ta umumtaʼlim maktabida darslar vaqtincha masofaviy usulda oʻtkaziladi

    Ta'lim 23 Yanvar 2023 1173

    Darslar masofaviy usulda boshlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxati eʼlon qilindi.

    2023-yil 23-yanvardan Xorazm viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida 3-chorak oʻquv mashgʻulotlari boshlanadi.

    Dars mashgʻulotlari 505 ta maktabda anʼanaviy tarzda, sinfxonalarida harorat belgilangan meyorda boʻlmagan 38 ta umumtaʼlim maktablarida esa vaqtincha masofaviy usulda oʻtkaziladi.

    Darslar masofaviy usulda boshlanadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxati:

    Xiva shahridagi 2-, 3-, 4-, 7-, 8-, 13-, 14-, 15-, 18-, 19-, 21-sonli maktablar;

    Bogʻot tumanidagi 2-sonli IMI, 92 –sonli IMI, 4-, 21-, 38-, 48-sonli maktablar;

    Tuproqqalʼa tumanidagi 2-, 21-sonli maktablar;

    Urganch tumanidagi 5-, 17-sonli maktablar;

    Xonqa tumanidagi 37-, 38-sonli maktablar;

    Shovot tumanidagi 2-, 31-, 41-,46-, 47-, 52-sonli maktablar;

    Yangiariq tumanidagi 2-, 7-, 25-, 37-sonli maktablar;

    Yangibozor tumanidagi 3-, 7-, 8-, 12-, 32-sonli maktablar.

    Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati