Jamoat transportida brutto shartnoma timining joriy etilishi hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar parkini yangilashga katta turtki berdi.
2023-yildan buyon Respublikamiz hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) tadbirkorlar tomonidan 2 000 dan ortiq avtobuslar sotib olindi. Natijada millionlab yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati va qulaylik darajasi oshdi.
Xususan, Xorazm viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Xorazm Dovud servistrans" MChJ, "Bunyod avto Urganch" MChJ tomonidan "Zhongtong" rusumli 32 dona hamda "Ancient Khorezm Oasis" MChJ tomonidan esa 15 dona "Yutong" rusumli avtobuslar xarid qilindi.
Yangi olib kelingan avtobuslar Urganch shahar ichi yo‘nalishlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon tadbirkorlar tomonidan sotib olingan avtobuslar soni 139 taga yetkazildi.