Mamlakat birinchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan 2007-2008-yillarda tugʻilgan 800 nafarga yaqin oʻsmir va qizlar 10 tadan vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqdi.

Uch kunlik bellashuvlar yakuniga koʻra, Xorazm viloyati 5 ta oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Odatdagidek, xorazmlik dzyudochilarning umumiy muvaffaqiyatiga qizlar katta hissa qoʻshdi.

Samarqand viloyati dzyudochilari ham 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Lekin ularda kumush medallar boʻlmadi. Kuchli uchlikka 3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan musobaqa mezbonlari yakun yasab berdi.