Qayd etilishicha, shu yilning 29-mart kuni Rossiya Federatsiyasidagi hamda Qozogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining elchixonalari bilan hamkorlikda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jami 21 nafar bolalari vatanga qaytarildi.

Ushbu qaytarish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 6-son “Xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.