Qayd etilishicha, ishchi guruh ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 30 nafar bolaning Oʻzbekistonga olib keladi.
Hozirda bolalarning hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini olib borilmoqda.
Shuningdek, ularning doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrmoqda.
Rejaga asosida:
- 23 nafar voyaga yetmagan bola ota-onasiga topshiriladi,
- 5 nafar bola qarindoshlarining vasiyligiga beriladi,
- 2 nafari muqobil joylashtirish shakllariga oʻtkaziladi.
Maʼlumot oʻrnida: Yil boshidan beri xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 10 nafar bola vatanga qaytarildi.