Jamgʻarma, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan shakllantirib boriladi.
Jamgʻarma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi:
✅ xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish;
✅ Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yoʻl chiptalari haqini toʻlash;
✅ vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga koʻra tayyorlashda 1000 AQSH dollarigacha xizmatlar haqini va Oʻzbekistonga olib kelish uchun chipta haqini toʻlash.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzurida Xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy yordam koʻrsatish jamgʻarmalari tashkil etildi.