O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, Andijon davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" fani o'qituvchisi Murodjon Temirovning "Emotion, Envision and Effigy" ("Tuyg'u, tasavvur va tasvir") nomli ilmiy to'plami Yevropaning  nufuzli “LAMBERT Academic Publishing” nashriyoti tomonidan chop etildi.

Hamyurtimizning mazkur ilmiy tadqiqoti ingliz tilidan tashqari  Germaniyaning nufuzli tarjimon kompaniyasi bilan hamkorlikda 4 tilda- fransuz, nemis, portugal va rus tillaridagi tarjimalari nufuzli ilmiy nashriyotlarda nashr qilindi.

LAMBERT Academic Publishing  nashriyoti ilmiy ishlarni chop etishga ixtisoslashgan  va zamonaviy texnologiyalar yordamida tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari bilan dunyo bo'ylab tez va samarali ravishda tanishtiradi, deb yozmoqda San'at va Hayot telegram kanali.