Shunga koʻra:
- 2024-yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
- 2024-yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi;
- 2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bekor qilinadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:
- 2023-yil 1-oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) boʻyicha;
- 2024-yil 1-yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish boʻyicha;
- 2023-yil 1-noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yigʻimlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish boʻyicha.