OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib,  my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.

 Oliy ta'lim muassasalari tomonidan o'tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o'z natijalarini 4 xil usulda:

my.dtm.uz saytining “O'qishni ko'chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo'limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz saytining "O'qishni ko'chirish-2022" bo'limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda;

— Davlat test markazining maxsus telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda;

— Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko'rish uchun havola)ni skaner qilgan holda bilishlari mumkin