Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. fuqarolar M.A., B.S. va A.A.ning ishonchiga kirib, ularni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 46 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.R. fuqaro D.A.ga tanishlari yordamida Koreya davlatiga borish uchun viza olib berish va ishga yuborishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.