Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklar soliq toʻlashga majbur boʻlishadi degan maʼlumotlar tarqaldi.

Rasman aytishim mumkinki, xorijda ishlayotgan vatandoshlarimiz hech qanday soliq toʻlashga majbur boʻlmaydi, aksincha Prezident qaroriga muvofiq ular oʻzini-oʻzi band qiluvchi shaxslarga tenglashtirilib, ularga qulaylik va imtiyoz yaratilgan. Moliyaviy yuk majburiyat emas.

2021-yil 1-yanvardan ixtiyoriy ravishda xorijda ishlab yurganida pensiya va mehnat staji hisoblanishi uchun pensiya fondiga ijtimoiy toʻlov toʻlanadi.