Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.A. va S.M. fuqarolar A.N. va B.T.ning ishonchiga kirib, ularni 22 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini vaʼda qilishib, oldindan 15 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga Litva davlatiga ishga borishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib, viza olib berishini aytib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Navoiy shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.Sh. va N.B. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreya davlatiga 6 oylik mavsumiy ishga yuborishlari evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Departamentning Bekobod shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Sh. fuqarolar B.D. va S.D.ni Turkiya davlatiga borishlari uchun tanishlari orqali deportini yechib, viza olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.