Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.N. fuqarolar Z.Sh. va L.D.ning ishonchiga kirib, ularni “N.M.” xorijiy kompaniyasining biznes dasturiga aʼzo qilib, kompaniya elektron biznes dasturida ochilgan shaxsiy profillarini aktivlashtirish uchun jami 6 800 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.