Bunda:
- 2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadilar;
- Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;
- Test sinovlari oʻtkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi maʼlumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali eʼlon qilinadi.
Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.
Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi.
Abituriyentlarning oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketlik tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi.