Xorijlik talabalar Surxondaryoning boy madaniy merosi bilan tanishdi

    “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olayotgan bir guruh xorijlik talabalarni yurtimizning boy madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Surxondaryo viloyatiga sayohat tashkil etildi.

    Talabalar sayohat davomida Termez shahridagi qadimgi buddaviylar ehromlari, Baqtriya va Kushon podsholigiga mansub qal’alari, o‘rta asrlarga oid tarixiy obidalari hamda masjidlar bilan tanishtirildi.

    Shuningdek, Surxоndaryo viloyatining betakror tabiatini ko‘rish maqsadida, Denov shahridagi Sangardak sharsharasiga ham sayohat qilindi.