Muqaddam Xonqa tumanida 20 oʻringa moʻljallangan ana shunday davo maskani faoliyat yuritib kelardi. Prezidentimiz qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ushbu maskanga yana 30 oʻrinli bino qurilishi qisqa muddatlarda yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Bu maskanda boquvchisini yoʻqotgan, ogʻir dardga chalingan fuqarolar ham doimiy yashaydi, ham muntazam davolanadi.

Zamonaviy tipda bunyod qilingan davo maskani ochilishida respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radioologiya ilmiy-amaliy markazi direktori M. Tillashayxov va boshqa masʼul rahbarlar ishtirok etdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan tibbiyot sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar borasida soʻz yuritdilar.

Mazkur maskanda nafaqat Xonqa, balki bir qator qoʻshni tumanlardan kelgan bemorlar ham malakali shifokorlar yordamida hayot sinovlarini mardanovor yengib oʻtishyapti.

Foydalanishga topshirilgan yangi maskan viloyatdagi shu turdagi uchinchi dargoh hisoblanadi. Ularning barchasi istiqlol yillarida bunyod qilingan.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri