Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Adliya vazirligi hamkorlikda respublikada xotin-qizlar tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan, oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni, shuningdek xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olishni targʻib qiluvchi “Eng yaxshi videorolik”lar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga materiallar 10-noyabrgacha (shaxsga doir maʼlumotlarni ilova qilgan holda) qabul qilinadi.

Gʻoliblar (1-, 2-, 3-oʻrin) qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda quyidagi nominatsiyalar uchun ham pul mukofotlari beriladi:

— “Eng yaxshi operatorlik ishi uchun”;
— “Eng yaxshi videomontaj uchun”;
— “Eng yaxshi infografika uchun”.