Ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning qadr-qimmatini beodoblik bilan tahqirlagan tik-tokerning videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Videoda u qiz farzand koʻrmasligini, agar xotini qiz farzand tugʻsa, chiqindiga tashlab yuborishini maʼlum qilgan.
Natijada keng jamoatchilik uning videosi haqida salbiy fikrlarni bildirib, koʻplab norozilikka sabab boʻldi.
Shundan soʻng, tik-toker xalqdan uzr soʻrab, video murojaat qildi.
“Iltimos sizlardan tiz choʻkib, kechirim soʻrayman. Alloh uchun kechiringlar, mendek bandani”,- deydi tik-toker.
Holat yuzasidan tik-tokerga nisbatan Nishon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan JKning 140 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.