Xitoy texnologiyasi asosida qurilishi boshlangan asfalt-beton ishlab chiqarishga moʻljallangan zavod bugun oʻz faoliyatini boshladi. 90 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 60 million soʻmni tashkil etadi.

Loyiha mualliflarining tariflashicha, zavodni bunyod qilishdan asosiy koʻzlangan maqsad mahalliy quruvchilarga sifatli xomashyo mahsulotlarini tezkor ravishda yetkazib berishdir.

Dastlabki tayyor mahsulot esa M-34 Toshkent- Dushanbe yoʻnalishining 145-152 kilometri oraligʻida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarini jadallashtirishga hissa qoʻshishga moʻljallangan.

Loyihaning ishga tushirilishi bilan 20 nafardan ziyod mahalliy yoshlar bandligini taʼminlashga erishildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.