Ushbu muassasani taʼmirlash uchun 328 million soʻm pul mablagʻi viloyat byudjetidan ajratildi. Kaptal taʼmirlash ishlarini esa Boyovut tumanidagi “Boyovut qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyat quruvchilari belgilangan muddatdan avval tugatdi.

“Sharqobod” va “Oʻzbekiston Mustaqilligining 25 yilligi” mahallalarining 4 200 nafar aholisi barcha qulayliklarga ega, keng, yorugʻ, shinam va zamonaviy binoda yangi koʻrinishdagi qishloq oilaviy poliklinikasiga ega boʻldi. Ularga 11 nafar tibbiyot xodimlari sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmatni koʻrsatadi.

Gʻulom PRIMOV,

Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash

boshqarmasi matbuot xizmati xodimi.