Tadbirda ushbu mashinaning parvozi namoyish etildi. Mashinaning parvozini yuzlab odamlar suratga olishdi.

Elektr transport vositasi ham vertikal va gorizontal parvozni amalga oshira oladi. Shuningdek, qurilma avtopilot, radarni aniqlash tizimi va avtomatik xavfsizlik parashyutiga ega.

Ikki kishilik sig'imga ega mazkur avtomobilning og'irligi — 560 kilogramm, yuk ko'tarish qobiliyati — 200 kilogramm, tezligi soatiga 130 kilometr. Quvvat zaxirasi — 35 daqiqa bo'lib, 1000 metr balandlikka qadar parvoz qila oladi, deyiladi hi-tech.mail.ru saytida.