XTV fidoyi ustozlar faoliyatini targʻib qilish uchun yangi loyiha boshladi

    Ta'lim 1 Fevral 2021 1849

    Xalq taʼlimi vazirligi yaxshi ustozlarni topib, ularning faoliyatini targʻib qilganlarga har 2 haftada bittadan noutbuk berish boʻyicha “Zamonamiz qahramonlari” loyihasini boshladi.

    Bu haqida vazir Sherzod Shermatov telegram sahifasida maʼlum qildi.

    Birinchi noutbuk egasi 12-fevralda vazirlik matbuot xizmati tomonidan taqdirlanadi. Xuddi shunday yil oxiriga qadar har 2 haftaning yakunida noutbuklar oʻz egalariga topshirib boriladi. Noutbuklar homiylar tomonidan taqdim etiladi.

    Loyihada maktablardagi yoshlar yetakchilari, maʼnaviyat boʻyicha masʼullar, blogerlar-u jurnalistlar, umuman istalgan inson qatnashib, ustozlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda yoritib, trendga chiqarsa noutbukka ega boʻlishi maʼlum qilindi.

    “Bunday ustozlar esa oʻz navbatida sohaviy va davlat mukofotlariga hamda maktab direktorligiga nomzod sifatida tavsiya etiladi”, – deyiladi vazir sahifasida.