Yaponiyaning Nara tibbiyot universiteti professorlari oʻtkazgan tadqiqot natijasida shunday xulosaga kelishibdi.

Xabarga koʻra koronavirusga qarshi samarali boʻlishi mumkin boʻlgan xurmodagi tannin moddasini ishlatgan holda saqich va pastil kabi mahsulotlar ishlab chiqarilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston xurmo eksporti boʻyicha dunyoda Ispaniya, Ozarbayjon va Xitoydan keyin 4-oʻrinda boʻlib, joriy yildan Yaponiyaga ham eksport qilish huquqini qoʻlga kiritgan .