Mazkur qaror loyihasida norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishining oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) koʻrsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatini koʻrsatishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, teng raqobat sharoitini yaratish maqsadida xususiy tibbiyot muassasalariga haydovchilarni va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
Muhokama 31-dekabrga qadar davom etadi.