XVJ missiyasi vakillari bilan mamlakatimizdagi makroiqtisodiy vaziyat muhokama etildi

    Moliya 17 Sentabr 2024 320

    Markaziy bank rahbariyati Yassir Abdih boshchiligidagi XVJ missiyasi aʼzolari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda mamlakatimizdagi joriy makroiqtisodiy sharoitlar, amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati, bank tizimining bugungi holati va joriy yilning 8 oylik koʻrsatkichlari muhokama etildi.

    Shu bilan birga, Markaziy bankning mamlakatda makroiqtisodiy rivojlanishning kutilayotgan yoʻnalishlari asosida yangilangan prognozlariga ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

    Missiya doirasida XVJ vakillarining qator vazirlik va idoralar, shuningdek, tijorat banklari masʼullari bilan uchrashuvlari koʻzda tutilgan.