– Hech qachon unutmasligimiz zarur: mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimiz mudofaasi nafaqat Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish idoralari, balki Oʻzbekistonni oʻzi uchun ona Vatan deb biladigan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha insonlarning muqaddas burchidir. Buning uchun yagona Vatan, koʻp millatli yagona ahil oila tuygʻusi har birimizning qalbimiz, yuragimizdan chuqur joy olishi lozim, – dedi Prezident.
Dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarimizning jangovar va maʼnaviy salohiyatini oshirishga eʼtibor yanada kuchaytirilishi belgilandi.