Yakkasaroy tumanida sodir boʻlgan YTH: toʻsiqqa urilgan avtomobil haydovchisi shifoxonada

    Haydovchi avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yoʻqotgan.

    2023-yil 26-mart kuni 2002-yilda tugʻilgan A.Sh boshqaruvidagi 01 M 888 JB davlat raqamli belgili Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilishi natijasida, yoʻl transport hodisasi yuz bergan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

    Holat kechki soat 21:00larda Shota Rustaveli koʻchasi Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida sodir boʻlgan.

    Maʼlumotga koʻra, “Malibu-2” rusumli avtomashina yoʻlovchisi 2006-yilda tugʻilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.