Kunduzi antitsiklon sharqqa qarab siljiydi va Eron hududidan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, havo 12-17° iliqqacha isiydi.
Ertaga iliq havoning kirib kelishi kuchayadi, kechasi harorat 0-5° iliqni tashkil etadi, kunduzi harorat 19-22° iliqqacha koʻtariladi, bu aprel oyi boshidagi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlaridan 2-3° yuqoridir. Respublika boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlar boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Yakshanba kuni nam havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 8-13o iliqni tashkil etadi, kunduzi 11-16° iliqdan yuqori boʻlmaydi.
Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun boʻlib oʻtadi.
Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysida kechasi va kunduzi 5-aprelda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 4-5-aprelda yomgʻir yogʻishi kuchli boʻladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi.
2-4-aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining 1 600 metrdan yuqori togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.