Yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida oʻz oilasi bagʻriga qaytarildi

    Bosh prokuratura tomonidan 2022-yilning 1-noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvchini jamoat kafilligi asosida oʻz oilasiga qaytarildi.

    Komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini oʻrganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti ogʻir boʻlgan ayblanuvchilarning uchinchi roʻyxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgan edi.

    Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi iltimosnomasiga koʻra, Bosh prokuratura tomonidan 2022-yilning 1-noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvchini jamoat kafilligi asosida oʻz oilasiga qaytarildi.

    Maʼlumot uchun, shu yilning 30-avgust kuni 34 nafar, 13-14-oktyabr kunlari 38 nafar Mustaqil Komissiya tomonidan shakllantirilgan roʻyxatdagi ayblanuvchi oilasi bagʻriga qaytarilgan edi.

    Komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bagʻriga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi.