Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qoʻrgʻontepa koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 2155 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Peshku tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Vobkent koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 455,7 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yana aholiga imtiyozli narxda ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Aichi–Nagoya–2026: O‘zbekiston delegatsiyasi 42 sport turida yurt sharafini himoya qiladi
- Naqshbandiylik an’anasi: tinchlik va bag‘rikenglik g‘oyalari xalqaro konferensiyada
- Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi
- O‘zbekistonda xorijiy korxonalar qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda?
- Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktabrgacha uzaytirildi
- Saida Mirziyoyeva: Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- Oʻzbekistonda pensiya yoshi oʻzgaradi: 2039 yildan erkaklar 63, ayollar 58 yoshda pensiyaga chiqadi