Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi uzoq vaqtdan beri avtokreditlash va transport vositalarini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish sohasida isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini buzayotgan noinsof tadbirkorlik subyektlarining noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurash olib bormoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida respublika boʻyicha shunday holatlar bilan bogʻliq 1 290 dan ortiq murojaat kelib tushdi va isteʼmolchilarga 9 milliard soʻm miqdorida mablagʻ qaytarib berildi. Mazkur raqamlar yuzaga kelayotgan muammoning dolzarbligi va koʻlami yuqoriligini koʻrsatib turibdi.

Isteʼmolchilarning huquqlarini buzuvchi ommalashgan usul

Joriy yilning 12-aprel kuni Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida yashovchi isteʼmolchi “Umid Avto” MCHJ oʻrtasida “Cobalt MT” avtomashinasini sotib olish uchun tuzilgan boʻnak (avans) toʻlovi shartnomasi boʻyicha dastlabki toʻlov sifatida oʻtkazilgan 38 963 000 soʻm miqdoridagi mablagʻni qaytarib berishda koʻmak soʻrab, Agentlikka murojaat qildi.

Isteʼmolchi oʻz navbatida, shartnomalarga muvofiq barcha majburiyatlarni bajardi, yaʼni avtomobilni roʻyxatdan oʻtkazish uchun dastlabki toʻlov va qoʻshimcha xarajatlarni toʻlagan (komission toʻlov, hisob maʼlumoti, texnik pasport, davlat raqami belgisi, texnik koʻrik hamda bank komission toʻlovi) ijaraga beruvchi kelishilgan muddatda, yaʼni 120 kun ichida — 2020-yil noyabrda avtomobilni taʼminlashi kerak edi. Ammo 2021-yil mart oyigacha lizing beruvchi oʻz majburiyatlarini bajarmadi. Isteʼmolchining “Umid Avto” MCHJ vakillariga takroriy murojaatlari va shikoyatlari shunchaki eʼtiborsiz qoldirildi.

Yana bir oʻxshash holatlardan biri Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi bilan sodir boʻlib, isteʼmolchi “Cobalt MT rusumli avtomobilini keyinchalik sotib olish uchun dastlabki 38 963 000 soʻm miqdoridagi mablagʻni oʻtkazgan, ammo avtomobil belgilangan muddatdan 4 oy kechiktirilgan. Shundan soʻng isteʼmolchi pullarini qaytarib olishga qaror qilib, yordam berishlarini soʻrab Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qildi.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi yana bir isteʼmolchining murojaat qilgan manzili Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi boʻldi. 2020-yil 7-oktyabrda “Umid Auto” MCHJ bilan oq rangli “Labo” rusumdagi avtomashinasini sotib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan, biroq oradan 3 oy oʻtishiga qaramay avtomashina ham yetkazib berilmagan, unga toʻlangan puli ham qaytarilmadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda shunga oʻxshash kompaniyalar tomonidan ishonuvchan, sodda avto xaridorlarni keng tarqalgan usuldan foydalangan holda chuv tushiruvchi aldov sxemasi ishga tushadi.

Koʻpincha shartnoma shartlar oʻqilmay (koʻplab shartnomalar isteʼmolchilar tushunishi kerak boʻlgan davlat tilida taqdim etilmaydi) tadbirkorning soʻzlariga ishongan holda isteʼmolchi (dastlabki toʻlov+boshqa xarajatlar) pulni darhol oʻtkazib yuboradi.

Ijaraga beruvchi istalgan avtomobil markasi yoʻqligini eʼlon qilgandan soʻng, koʻpincha olti oy davomida (120 kundan yoki undan koʻp vaqtgacha) kutadi, toʻlovchi kompaniya tomonidan taklif qilingan uchta variantdan isteʼmolchi bitta avtomobil turi/modelini tanlashga majbur.

Agar toʻlovchiga taklif qilingan transport vositasi uchun variantlari yoqmagan boʻlsa, u pulini qaytarib olishga haqli, ammo faqat 40-60 kun oʻtgandan soʻng (jami 180 kun ish kunini hisobga olgan holda, kompaniya 120 kunlik kutishlarini hisobga olgan holda) dastlab soʻragan avtomobil modelini taqdim etish imkoniyatini izlaydi.

Ish sudgacha bordi

Agentlik murojaatlarni oʻrganish natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari uchun majburiy koʻrsatmalar beradi. Ammo amaliyotda ularning baʼzilari bajarilmay qogʻozda qolib ketmoqda. Oxir-oqibat Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi isteʼmolchilarga dastlabki toʻlov sifatida toʻlangan mablagʻlarni qaytarish uchun sud jarayonida daʼvogar sifatida ishtirok etadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi isteʼmolchilarga pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha bugungi kungacha 20dan ortiq suv jarayonlarida qatnashgan.

Masalan, Agentlik fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudida 10 ta isteʼmolchiga keyinchalik toʻlash sharti bilan avtomobilni ijaraga berish uchun dastlabki toʻlov sifatida koʻrsatilgan mablagʻlarni qaytarib berish masalasida yutib chiqdi. Sudning qaroriga koʻra, javobgar “Umid Auto” MCHJga isteʼmolchilarga 225 million 303 ming soʻm miqdordagi mablagʻni qaytarib berish majburiyati yuklatildi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi