Talab qilingan summadan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu pul mablagʻini turistik firma rahbarining koʻrsatmasi asosida olganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar muqaddas Haj safariga borishda firibgarlarning tuzogʻiga tushib, aldanib qolmang. Ogoh boʻling!