Ushbu amaliy ishlardan yana biri tumanning olis "Chorvador" mahallasi hokim yordamchisi Shuxrat Qo'yliev ko'magi bilan koperatsiya asosida tikuvchilik sexi ish boshladi. Natijada 15 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi ta'minlandi.
—Ushbu tikuvchilik sexlarida asosan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta'minlashga e'tibor qaratilmoqda va ularni oilaviy daromadi yaxshilanmoqda, — deydi "Chorvador" mahallasi hokim yordamchisi Shuhrat Qo'yliev.