Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Adiblar xiyoboni xalqimizning milliy mulki, millatning adabiyot bogʻi sifatida qadr topayotgan boʻlsa, u yerdagi 24 nafar adiblar haqida olinayotgan filmlar milliy kinochiligimiz xazinasini yanada boyitmoqda.
Kinematografiya agentligi va Toshkent islom akademiyasi bilan hamkorlikda “BRAND PRO MEDIA” studiyasi tomonidan oʻzbek teatr dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olindi.
“Xalq yuragi” turkumi ostida suratga olingan kinokartina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida tayyorlandi.
Abduhamid Muxtorov muallifligidagi film rejissyori Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov, rassom Sardor Toshmurodov.