Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Q fuqaro J.U bilan oʻzaro til biriktirib, oʻz uyida 114 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 425,7 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.