Mazkur 4 qavatli talabalar turar joyida 72 oʻrinli 8 ta oshxona, madaniy dam olish xonalari va xorijdan kelgan professor-oʻqituvchilar uchun mehmonxona tipidagi 25 kishiga moʻljallangan alohida yashash joyi ham mavjud.

Yoshlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida binoning yertoʻla qismida COWORKING (kovorking), axborot resurs va hunarmandchilik markazlari faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek, universitetda 2022/2023 oʻqiv yilida yana 2 ta umumiy hajmi 1000 oʻrinli boʻlgan talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.