Yana bir tarixiy drama sahna yuzini koʻrdi

    Andijon viloyati musiqali drama teatri jamoasi Maqsud Shayhzoda qalamiga mansub “Mirzo Ulugʻbek” tarixiy dramasini davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirdi. Rejissor Olimjon Salimov.

    Spektakldagi bosh rolni Oʻzbekiston xalq artisti Erkin Komilov ijro etdi. Asar madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi badiiy kengash aʼzolariga taqdim qilindi.

    Shundan soʻng Bahodir Ahmedov teatr jamoasini zalvarli va sermazmun yangi asar bilan qutladi. “Teatr — bu koʻzgudir, unda har bir inson oʻz aksini koʻradi” degan mashhur iborani qayd etib oʻtdi. Spektakl keng jamoatchilik ommasiga namoyish etish uchun qabul qilindi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

    Asar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-112-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida sahnalashtirildi