Aytilishicha, joriy yilning 8-sentyabr kuni Guliston shahar madaniyat va istirohat bog‘i hududida bir qancha daraxtlarning kesilganligi holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.